Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudi | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudiya Arabistonining “K-DOT” kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, 2023-yilning 14-dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi. Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamyurtlarimiz ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi.

Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi.

Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida"gi bitim imzolangan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube