Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_Farmoni_ijroda 'Xorijga ish – mahalladan' tamoyili | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Prezident_Farmoni_ijroda

"Xorijga ish – mahalladan" tamoyili asosida aholi bandligi taʼminlanadi


Farg‘ona viloyatining Rishton va Buvayda tumanlarida Prezidentimizning PF-59-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ishchi guruhining o‘quv seminarlarida Oltiariq, Rishton, Buvayda, Bag‘dod va Uchko‘prik tumanlaridagi 329 ta MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.

O‘quv seminarlarida xorijda ishlash istagidagi fuqarolarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, xorijiy ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari va ularga bo‘lgan talablar haqida tushuntirish berildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish