Get Mystery Box with random crypto!

”Xorijga ish - mahalladan” tamoyili Navoiy viloyati misolida | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

”Xorijga ish - mahalladan” tamoyili Navoiy viloyati misolida

Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentliklari vakillaridan iborat ishchi guruh hududlarda bo‘lib, Prezidentimizning "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv seminarida "mahalla yettiligi"ga Farmon doirasida belgilangan vazifalar to‘g‘risida tushuntirish berildi. Shuningdek mehnat migratsiyaga chiqish istagida bo‘lgan va xorijdan qaytgan fuqarolarga Farmonda keltirilgan imtiyoz va kafolatlar haqida maʼlumot berildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish