Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 17-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tib, 23-fevral kuni rus tili bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun suhbatlar jadvali:

Testdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar ro'yxati

Samarqand shahridagi eski “Temurbeklar” maktabi binosida

Lokatsiya

5-aprel soat 9:00 da Samarqand viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan va familiyasi A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K harflari bilan boshlanadigan nomzodlar uchun

5-aprel soat 13:00 da Samarqand viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan va familiyasi L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Y, Z harflari bilan boshlanadigan nomzodlar uchun

5-aprel soat 13:00 da Qoraqalpog'iston Respublikasidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

6-aprel soat 9:00 da Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

6-aprel soat 13:00 da Xorazm viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

* * * * *

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida

Lokatsiya

7-aprel soat 9:00 da Toshkent shahri, Namangan, Farg'ona va Jizzax
viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

7-aprel soat 13:00 da Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

8-aprel soat 9:00 da Toshkent viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

Eslatma, nomzodlar suhbatga qadar Gateway platformasidagi profiliga surat, xorijga chiqish pasporti, yashash manzili, telefon raqamini kiritishi va ID raqamini bilib olishi shart.

71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt