Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 17-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tib, 23-fevral kuni rus tili bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga!

Nomzodlardan quyidagi harakatlarni amalga oshirish so'raladi:

1. Gateway platformasiga kirish, "I forgot my password"ni bosib, ro‘yxatdan o‘tgandagi elektron pochtani jo'natish va elektron pochta orqali parolni yangilash bo‘yicha yo‘riqnoma olish.

2. Yo‘riqnomaga asoslanib parolni o‘zgartirish. Gateway platformasiga kirish uchun login va parol paydo bo‘ladi. Login bu – elektron pochta nomi, parol – maxfiy kod.

3. O'zgartirgan login va parol bilan platformadagi shaxsiy kabinetga kirib ID raqamni bilib olish.

4. Ish beruvchi tashkilot vakillari bilan bo'lib o'tadigan suhbatga qadar profilga surat, xorijga chiqish pasporti, yashash manzili, telefon raqamini kiritish shart.

Suhbat vaqti va manzili haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration