Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyat | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida joriy yil 8-13 fevral kunlari XIZMAT KO'RSATISH-2 yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 26-martdan 8-aprelga qadar (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

Lokatsiya

Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration