Get Mystery Box with random crypto!

#falokat #Rossiya Samarada o‘zbekistonliklar avtobusi falok | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#falokat #Rossiya
Samarada o‘zbekistonliklar avtobusi falokatga uchradi

Samara viloyatida avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi.

Hodisa Ural-Muxanovo yo‘lining 26-kilometrida sodir bo‘lgan.

Avtobus O‘zbekiston fuqarolarini Nijniy Novgorodga olib ketayotgan edi.

Avtobusda jami 66 kishi bo‘lgan.

Yo‘l harakati politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi natijasida transport vositasi yo‘ldan chiqib ag‘darilib ketgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz