Get Mystery Box with random crypto!

#patent #Rossiya INN, imtihon topshirish, tibbiy ko‘rik ham | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#patent #Rossiya
INN, imtihon topshirish, tibbiy ko‘rik hamda patent olish muammolari – nima bo‘layapti o‘zi?

Rossiyaning asosan katta shaharlarida, ayniqsa Moskva, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg, Leningradskaya viloyati va boshqalarda hujjat rasmiylashtira olmaslik holati ko‘paygan.

Migratsion qayd bilan muammolar avval ham kuzatilgan bo‘lsa, ammo patent olishda hozirgidek muammolar hech kuzatilmagan.

Migratsiya markazi xodimi bilan norasmiy suhbatda ma’lum bo‘lishicha, yil oxirigacha tuzilishi kerak bo‘lgan muhojirlar ma’lumotlaridan iborat elektron tizim zudlik bilan hozirning o‘zida tuzila boshlagan. Tizimga eski ma’lumotlar bilan birga yangilari ham kiritilayotgani uchun patent berilishi sekinlashib ketgan.

Migratsiya markazining o‘zi bu borada hech narsa qilolmasligini, ular ham tayyor bo‘lgan patentni bera olishlari ma’lum bo‘ldi.

Vaziyatni tahlil qilish davomida, “Krokus”dagi teraktdan so‘ng migratsiya yo‘nalishi bo‘yicha jinoiy ishlar ko‘payganini ham inobatga olish kerak. Masalan, rus tili imtihoni natijalari qalbakilashtirilgani bo‘yicha jinoiy ishlar ko‘paygani uchun test markazlari soni kamayib ketdi.

Soliq idorasining tizimi yangilangani, tibbiy ko‘rik natijalari tibbiyot xodimlari tomonidan biometrik ma’lumotlar bilan birga yangi tizimga kiritilayotgani ham patent rasmiylashtirish jarayonni sekinlashtirib qo‘ygan.

Bunday vaziyatlarda muhojirlar nima qilishi kerak?

Eng avvalo, patent qo‘lga olingan kun qanchalik kechikishidan qat’iy nazar, berilgan sanasidan boshlab amal qilishini yodda tutish kerak.

Agar patentga ikki oy avval topshirib qo‘ygan bo‘lsangiz ham o‘rtada patent chiqmagan oylar uchun patent to‘lovi qilinmaydi.

Rus tili imtihonlariga esa mas’ul universitetlarning test markazilari orqali yozilib, o‘tish mumkinligini eslatamiz. Masalan, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti yoki A.S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti.

INN olish uchun migratsion qayddagi manzil bo‘yicha IFNS – soliq idorasiga murojaat qilish kerak.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz