Get Mystery Box with random crypto!

#reyd #Rossiya Moskvada uyma-uy yurib, muhojirlarni tekshir | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#reyd #Rossiya
Moskvada uyma-uy yurib, muhojirlarni tekshirish davom etmoqda

Chernomorskiy bulvar ko‘chasidagi ko‘pqavatli uyda yashovchi mahalliy aholi politsiya noziri uyma uy yurib, qaysi xonadonda kimlar yashayotganini yozib olayotganini ma’lum qildi.

Politsiya noziri tekshiruv davomida har bir xonadon egalaridan ismlari, tug‘ilgan sanasini so‘rab, yozib olgach, migrantlar haqida savollar bergan.

Nega bunday ma’lumotlarni yig‘ib yurgani haqida so‘ralganda, politsiya noziri “antiterroristik maqsadlarda butun Moskva bo‘ylab shunday buyruq borligini” ma’lum qilgan.

Mahalliy aholining shikoyatidan so‘ng migrantlarni izlab, uyma-uy tekshiruvlar Moskvaning Kommunarka tumanida ham o‘tkazilgan.

Politsiya xodimlari “Novaya zvezda” turar-joy kompleksida bo‘lib o‘tgan tekshiruvni profilaktika chorasi sifatida izohlagan.

Bu yerda yashovchilarning so‘zlariga ko‘ra, reyddan so‘ng 50ga yaqin migrantlar politsiya bo‘limiga yetkazilgan va 5 ming rubldan jarima solib, qo‘yib yuborilgan. So‘z ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilib, to‘langan 5 ming rubllik jarima haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Obuna bo‘ling
@migrantuz