Get Mystery Box with random crypto!

Orenburg viloyatida to‘g‘on buzildi. Odamlar evakuatsiya qilin | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Orenburg viloyatida to‘g‘on buzildi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Orenburg viloyatining Orsk shahrida to‘g‘on buzildi. Shahar va unga yaqin aholi punktlari aholisi zudlik bilan sel zonasidan evakuatsiya qilinmoqda.

TASS manbasiga ko‘ra, to‘rt mingga yaqin xususiy turar-joy binolari suv toshqini zonasiga tushishi mumkin.

Mash telegram kanali xabariga koʻra, Orskdagi butun Eski shahar va Nikel qishlogʻini zudlik bilan evakuatsiya qilish eʼlon qilingan.

Viloyatning uch mingdan ortiq aholisi avvalroq suv toshqini tufayli evakuatsiya qilingan edi, deb yozadi “TASS”. Viloyatda 5-aprel holatiga ko‘ra, 95 ta aholi punktida 1825 ta turar-joy binosi va 5242 ta tomorqa yerlari suv ostida qolgan.

Orsk 200 mingga yaqin aholisi bo'lgan Orenburg viloyatidagi ikkinchi yirik shahardir.

Obuna bo‘ling
@migrantuz