Get Mystery Box with random crypto!

#reyd #migrant #Rossiya Moskva viloyatida reyd davomida 119 | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#reyd #migrant #Rossiya
Moskva viloyatida reyd davomida 119 nafar muhojir qo‘lga olingan

Ulardan 14 nafari Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolganlari jarimaga tortiladi.

Politsiya Leninskiy shahar tumanida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazdi. Korobovodagi qurilish maydonida qo‘shni davlatlarning 119 nafar fuqarosi qo‘lga olingan.

Migratsiya qonunchiligini buzgan 85 kishiga protokollar tuzilgan, 14 nafar tashrifchi Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolganlari 5 ming rubl miqdorida jarimaga tortiladi.

Leninskiy ma’muriyati muhojirlarga qarshi reydlar davom etishini tushuntirdi.

Rossiya IIVning xabar berishicha, 4 oylik migrantlarga qarshi reydlar davomida Moskva shahrida 6 ming yotoqxona va korxona tekshirilgan. 10 ming muhojir ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 ming nafari mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Batafsil

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram