Get Mystery Box with random crypto!

#ittifoq #prezident #Rossiya #Oʻzbekiston Putinning O‘zbeki | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#ittifoq #prezident #Rossiya #Oʻzbekiston
Putinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

21-may kuni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi muhim mavzulardan biri—mehnat munosabatlari, ya’ni migratsiya bo‘yicha kelishuvlar haqida esa ma’lumot berilmagan.

Rasmiy Kremlning yozishicha, suhbatda Vladimir Putinning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari ham muhokama qilingan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz