Get Mystery Box with random crypto!

#aviahalokat #motam #Eron #nuqtalar Raisiyning halokati chin | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#aviahalokat #motam #Eron #nuqtalar
Raisiyning halokati chindan noqulay ob-havo oqibatimi?

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat qurboni bo‘ldi.

Raisiy va yuqori martabali mulozimlar uchgan vertolyot kecha, 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, Sharqiy Ozarboyjon viloyati hududida halokatga uchragan.

Mamlakat rasmiy axborot agentliklari xabariga ko‘ra, halokat oqibatida Raisiy bilan birga Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy, oyatullohning hududdagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshim ham halok bo‘lgan.

Halokatga uchragan bortda shuningdek prezident qo‘riqchilari boshlig‘i Sayid Mehdi Musaviy, ikki uchuvchi hamda texnik zobit bo‘lgani ma'lum.

20-may tongida Amerikada ishlab chiqarilgan Bell 212 vertolyoti qoldiqlari noqulay ob-havo sharoitida o‘tkazilgan bir necha soatlik tungi qidiruv ishlaridan keyingina topilgan. Eron televideniyesiga ko‘ra, vertolyot tog‘dagi qoyalardan biriga borib urilgan.

Mamlakat Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida qutqaruvchilar halokat joyiga yetib borishganida «vertolyot yo‘lovchilaridan birortasi omon qolgani belgilari yo‘qligi»ni aytgandi. Qidiruv hududida 73 ta qutqaruv otryadi harakatlangan.
Eron motamga hozirlanmoqda.

Nuqtalarning navbatdagi soni Eron prezidenti va mamlakatning boshqa rasmiylari vafotiga sabab bo‘lgan aviahalokat va u paydo qilayogan savollar tahlilga bag‘ishlandi. Intervyu mehmoni siyosatshunos Rafael Sattorov bo‘ldi.

To'liq video Vatandosh TV Youtube kanalida

Batafsil:



Obuna bo'ling
@vatandosh_tv