Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 21 iyul kuni Toshkent shahar 'Ishga marhamat' monomarkaz | Migo Xususiy Bandlik Agentligi

Bugun 21 iyul kuni Toshkent shahar "Ishga marhamat" monomarkazida Migo hususiy bandlik agentligi tomonidan Yaponiyaning Kagoshima preferturasida "MARUI FOOD" kompaniyasida ishlash uchun suxbatdan muvaffaqiyatli o`tgan va Yapon tili va kasbiy malaka bo`yicha uqigan 48 nafar mijozlarimizga sertifikatlar topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Yaponiyadan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan birgalikda, Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov, Yaponiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi FUDJIYAMA YOSHINORI, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov hamda Migo HBA vakillari ishtirok etdilar. Agentligimiz tomonidan yuboriladigan 48 nafar mijozlarimizga viza Yaponiya davlatiga kirib borish uchun sertifkatlar topshirildi va kelgusidagi ishlariga omad tiladilar.
Endigi bosqich mijozlarimizni o`z ish joylariga kuzatish bo`ladi

Yangiliklarni kuzatishda davom eting. MIGO bilan orzular sari!!!