Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet elliklarning Yaponiyaga kirishi toʻliq toʻxtatiladimi? | Migo Xususiy Bandlik Agentligi

​​Chet elliklarning Yaponiyaga kirishi toʻliq toʻxtatiladimi?

Hukumat Xitoy va Janubiy Koreyani o'z ichiga olgan 11 ta mamlakat va mintaqalardan ishbilarmonlarni qabul qiluvchi immigratsiya tizimini yengillashtirish choralari toʻgʻrisida, korona virusning mutatsiyaga uchragan turi aniqlangan yoki aniqlanmaganligidan qat'i nazar, vaqtincha davlatga kirishni toʻxtatish masalasini ko'rib chiqmoqda.
Ushbu qaror tasdiqlansa, chet ellik yangi viza oluvchilarning mamlakatga kirishi toʻliq to'xtatiladi.

Dastlab, hukumat korona virusining mutatsiyaga uchragan turi aniqlangan har bir mamlakat va mintaqalardan Yaponiyaga kirishni to'xtatib turish siyosatida boʻlib, Bosh vazir Yoshihide Suga ham 4-yanvar kuni ertalab o'tkazilgan matbuot anjumanida "agar boshqa mamlakatda mutatsiyaga uchragan turi topilsa, oʻsha davlatdan keluvchilarning immigratsiya qabuli darhol to'xtatiladi" deya bayonot bergan edi.
Biroq hukmron va muxolifat partiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va qarshiliklar natijasida ushbu qaror o'zgartirilib, eng kamida favqulodda holat joriy etilgan muddat mobaynida mamlakatga kirishni to'xtatib turishga oʻzgartirildi.

Hukumat joriy yilning yoz oyida Tokio Olimpiadasi va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish maqsadida immigratsiyani bosqichma-bosqich yengillashtirmoqda, jumladan bir qator yumshatish tadbirlari
Yaponiyada yashash maqomiga ega bo'lgan chet elliklarning mamlakatga qayta kirishiga ruxsat bermoqda. Ammo ilk bor Yaponiyaga keluvchilar vaqtincha qabul qilinmaydi. Insonparvarlik nuqtai nazaridan ko'rib chiqishni talab qiladigan "maxsus holatlar" dagina chet elliklarga mamlakatga istisno sifatida kirishga ruxsat beriladi.

Manba Line News