Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaa ​​Kitob: IBTIDO Muallif: DEN BRAUN Shaxsiy reyting: | M

#mutolaa

​​Kitob: IBTIDO
Muallif: DEN BRAUN
Shaxsiy reyting: 10/10
Bet: 663

Olam qanday yaralgani, biz qanday yaralganimiz, oldinda bizni nimalar kutayotgani, sayohat, san'at va Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) kabi mavzular qiziqmi? Unda bu kitob aynan siz uchun yozilgan.

Ko'p yillardan beri diniy va ilmiy bahslarga sabab bo'luvchi mavzu - Yerda hayotning paydo bo'lishi hozirgi kungacha javobi topilmagan savollar qatorida. Mavjud gipotezalar, shubhalar, dalillar bizni qiziqtirgan savolga javob topishimizga yordam berolmagan. Den Braun esa asarda jumboqni o'z tahlili bo'yicha yoritishga harakat qilgan. Mutolaa jarayonida muallif asar boshidanoq aqlni shoshirib qo'yishi, chalkashtirishi, dahshatli qotillik, butun dunyoga oshkor qilinishi kerak bo'lgan kashfiyot va u nimadan iborat ekanligiga kuchli qiziqtirishi bilan kitobxonni mahliyo qilib qo'yadi.
Xayoliy taassurotga erk berib o'qilsa, sun'iy intellektning inson tafakkuri darajasiga chiqa olishi, hatto undan oldinga o'tib ketishi, manfaat yo'lida....qilishi (mayli, bu joyini aytmayman spoiler bo'lib qolarkan) o'quvchiga haqiqiy rohat beradi. Shaxsan o'zim sun'iy intellekt taraqqiyotga uchragan davrda yashashni orzu qilib qoldim. Tasavvur olamim yanada boyidi. Sun'iy intellekt kunlik o'y-xayollarim qatoridan joy oldi.
Xullas, bu kitobdan qidirgan hamma narsangizni topa olasiz. Mutolaa jarayonida jumboqlar, sirlar, san'at, arxitektura, action barchasidan tatib ko'rishingiz mumkin.

Xo'sh, sizning fikringiz qanday? Biz qayerdan paydo bo'lganmiz? Bizni oldinda nimalar kutmoqda?

@mia_taxirovna