Get Mystery Box with random crypto!

​​#philosophy Nigilizm falsafaviy oqimlardan biri hisoblanib, | M

​​#philosophy

Nigilizm falsafaviy oqimlardan biri hisoblanib, borliqning, odamzotning mavjudligidagi ma’noni inkor etadi. Nigilizm atamasi lotincha “nihil” (hech narsa) so’zidan olingan. Nigilizm buddizm va hind salsafasi kabi xarakterga ega. Nigilizm turli yo’nalishlarga bo’lingan holda umumiy qabul qilingan axloq normalari, mavjud tuzumni inkor etadi. Insoniyat ilmi, qadriyatlar, ideallar to’liq yaroqsizga chiqariladi. Nigilistlar asosan Darvinning “Evolutsion ta’limot”ini qo’llab quvvatlagan holda, insonlarni ham hayvonlar kabi majvudotga qiyoslaydi. Tug’ilish o’lim sari bosilgan ilk qadam sifatida qabul qilinadi. Axloqiy normalarni inkor qilishiga kelsak, misol uchun, bir inson suvda cho’kayotgan bo’lsa, nigilist oldida ikki yo’l paydo bo’ladi: qutqarish yoki qutqarmaslik. Nigilist suvda cho’kkan odamni qutqarishda mantiq ko’rmaydi. Chunki qutqarilgan odam bugun o’lmay qolsa, vaqti-soati kelib albatta o’lishi aniq. Insonning mavjudligi yoki mavjudmasligi olamga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Sababi, inson hayoti nigilistlar nazdida hech qanday ma’no kasb etmaydi.
Hozirgi davrda hayotidan, mavjudligidan ma’no axtaruvchi insonlar soni ortgan. Bu kabi o’y-fikrlar paydo bo’lishi shunchaki hayotdan xafalikdan, yengil/og’ir depressiyadan yohud ongli ravishda, kuzatuvlar asosida xulosa qilinishidan kelib chiqadi.

Jahon adabiyotida nigilistik kayfiyatdagi personajlar mavjud asarlar bir nechtani tashkil qiladi. Rus adabiyoti yorqin namoyondasi Ivan Turgenev qalamiga mansub "Otalar va bolalar" asari, nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning "Uch og'ayni" asarlaridagi qahramonlar ruhiyatida hayot va mavjudlikdagi ma'noni inkor etish holatlari aks etadi.

@mia_taxirovna