Get Mystery Box with random crypto!

KO‘ZI OJIZLAR UCHUN 'MAQOM USULLARI' TO‘PLAMI NASHR ETILDI K. | MilliyGvardiya.HMAL.rasmiy

KO‘ZI OJIZLAR UCHUN "MAQOM USULLARI" TO‘PLAMI NASHR ETILDI

K.Saidov tomonidan N.Xaydarova muharrirligida Brayl alifbosida tayyorlangan ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) talabalarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma maqom asoslari hamda maqomlardan foydalaniladigan fanlarda ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan usullar bayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, ko‘zi ojiz musiqachilar va ular bilan ishlovchi professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada Shashmaqomdagi barcha usullar tartib bilan keltiriladi. Shuningdek, "Shashmaqom" ilovasida keltirilgan asarlarning usullari ham qo‘llanmadan o‘rin olgani albatta quvonarli.

Yangi nashr bilan mualliflarni, institutimiz professor-o‘qituvchilari va ba'zi talabalarini samimiy qutlayman. Bunday nashrlar bardavom bo‘lsin...

O.Nazarbekov,
Madaniyat vaziri, O‘zMMSI rektori