Get Mystery Box with random crypto!

Har kun tongda osmonda, nurli quyoshim porlaydi, Bilmadim nega | MFK|Blog👨‍💻

Har kun tongda osmonda, nurli quyoshim porlaydi,
Bilmadim nega bulutlar, meni òziga chorlaydi,
Vijdon qancha qiynalsa ham, nega yolģondan tonmaydi,
Bu ketishda kun kelib, hatto vijdon ham qolmaydi.

Shuncha qilgan hatolarin, qani unuta olsaydi,
Qilingan yomon ishlardan, garchi yuragim tolsaydi,
Sevmagandek kòrinaman, qani sevishim bilsaydi,
"Siznikiman" degan baxtim, meniki bòlib qolsaydi.

Qani endi yurgim, aqlimdan ustun bòlsaydi,
Tubsizlikka botgan qalbim, yana bir bora kulsaydi,
Tuyģularim jilovlayman, ammo yurak unutsaydi,
Yana she'r yozish bilan, yuragim uni qumsaydi.

Òzimni hissiz tutaman, hayollarim bilishsaydi,
Mehrga zor insonlarga, bir bor rahm qilishsaydi,
Òzimni kòrsatib baxtli, uni sevmagandek huddi,
Qani endi bu kòzlarim, kòzlariga tutilsaydi.

Insonlar baxtli hayotni, butun umr kutishsaydi,
Òz yaqin insonlarini, òlimgacha kutishsaydi,
Menga atagan mehrlar, dengizni ham qurutsaydi,
Lekin hissiz bu tanam, koshki aslin tan olsaydi.

f.k_admin.(Noyabr)
Dòstlaringizga ham ulashing...!
@mfk_blog