Get Mystery Box with random crypto!

Mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida O‘zbekiston Respub | Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

Mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan Tashqi ishlar vazirligi xodimlari davlat mukofotlari va diplomatik unvonlar bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimiz – O‘zbekistonning Xitoydagi Elchisi Farhod Arziyev, Turkmanistondagi Elchisi Akmaljon Qo‘chqorov, Avstriyadagi Elchisi Abat Fayzullayev, mamlakatimizning BMT Jeneva bo‘limidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va YUNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyevni oliy diplomatik unvon berilgani bilan; O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Do‘stlik” ordeni, O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchilari Alisher Kurmanov va Bahrom Boboyev “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangani munosabati bilan tabriklaymiz.

Ular o‘z faoliyatlari davomida diplomatiya sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib, yosh va boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani quvonarlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati jamoasi barcha tabriklarga qo‘shilgan holda elchilarimizga kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
***
В преддверие праздника Независимости страны Указом Президента Республики Узбекистан сотрудники системы МИД удостоены государственными наградами и дипломатическими рангами.

Поздравляем наших коллег – Послов Узбекистана в КНР Фархода Арзиева, в Туркменистане Акмалжона Кучкарова, в Австрии Абата Файзуллаева, постпредов Узбекистана в Женевском отделении ООН Улугбека Лапасова и при ЮНЕСКО Умида Шадиева с присвоением высших дипломатических рангов; Посла Узбекистана в Афганистане Ядгархожу Шадманова с награждением орденом «Дўстлик», Послов Узбекистана в Украине и Польше Алишера Курманова и Бахрома Бабаева – медалью «Содиқ хизматлари учун».

Они внесли свою лепту в работу дипломатии в своем поприще и являются примером для молодых и других коллег.

Коллектив Пресс-службы МИД Республики Узбекистан присоединяется к поздравлениям наших послов и желает им дальнейших успехов в профессиональной деятельности.