Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir No | Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Vazirlik markaziy apparati va xorijiydagi diplomatik muassasalar faoliyatiga zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy etish, diplomatiya sohasida, ayniqsa konsullik-huquqiy xizmatlar ko'rsatishda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, “Big Data” ni saqlash va qayta ishlash, AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qo'shma IT-platforma yaratish masalasini ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi. Mazkur platformaning asosiy maqsadi o’zaro fikr va tajriba almashish, shuningdek raqamlashtirish sohasida aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.