Get Mystery Box with random crypto!

Maqsadlar ichingizda qolib ketmasin! MFaktorning navbatdagi | MFaktor.uz

Maqsadlar ichingizda qolib ketmasin!

MFaktorning navbatdagi Intensive tadbiri “My life planner” mavzusida boʻlib oʻtadi va ustozimiz Husan Mamasaidov spiker sifatida ishtirok etadilar.

Yaʼni ushbu tadbir doirasida hayot kalendarini shakllantirish, yil davomida va yakuniga qadar erishilishi kerak boʻlgan maqsadlar tuzish hamda ularni muvaffaqiyatli amalga oshishiga sabab boʻluvchi instrumentlar haqida bilib olasiz.

Ushbi tadbir, ustozimiz Husan Mamasaidov oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqqan “My Life Planner” ish daftari asosida boʻlib oʻtadi va siz oʻz hayotingizni, biznesingizni yuqoridan koʻrib, audit qilish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.

Shuningdek, oʻtgan yilgi ishlaringizni sarhisob qilib boʻlganingizdan soʻng yangi yilga maqsadlaringizni tizimli yondashgan holda qoʻyishga va ularga erishish uchun birinchi qadamni qoʻygan boʻlasiz.

Tadbir: 2-yanvar (yakshanba) kuni, soat 11:00 dan 19:00 gacha vaqt oraligʻida boʻladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: @MFaktorBot | MFaktor ilovasi