Get Mystery Box with random crypto!

​​​Vaqtingizni zoye ketkazmang! Uxlayapsan – vaqt ketmoqda. | Jamolbek | Blog | Notes

​​​Vaqtingizni zoye ketkazmang!

Uxlayapsan – vaqt ketmoqda...
Ovqatlanyapsan – vaqt ketmoqda...
Transportda ketayapsan – vaqt ketmoqda...
Qanday qilib pul topish haqida o‘ylayapsan – vaqt ketmoqda...
Telefonda gaplashyapsan – vaqt ketmoqda...
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiribsan – vaqt ketmoqda!

Yil oydek, oy haftadek, hafta soatdek, soat daqiqadek, daqiqa esa soniyadek. Bu degani sening vaqting ketmoqda va hech qachon qaytib kelmaydi.

Hayotimizning asosiy valyutasi – bu vaqtdir. Tavakkallik haqida o‘ylaguncha kimdir tavakkal qiladi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qaror qabul qilish haqida o‘ylaguncha, kimdir o‘z qarorini qabul qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Sen bemani narsani yaratgancha, kimdir bir umr uchun yaratadi.

Foydasiz ishlar bilan shug‘ullansang, kimdir foydali ish qiladi. Senda har kuni muammo bo‘lishi mumkin – kuchli bo‘l! Har kuni katta muvaffaqiyatlar haqida hayollar kelishi mumkin, lekin buni hayol qilib qoldirma.

Har kuni turli xil insonlar bilan muloqot qilishing mumkin. Barcha bilan muloqot qil, shunda insonlarni ko‘ra olasan.

#saydullayevblog | Najot Ilmda!