Get Mystery Box with random crypto!

Metsenat.uz

Telegram kanalining logotibi metsenatuz — Metsenat.uz M
Telegram kanalining logotibi metsenatuz — Metsenat.uz
Kanal manzili: @metsenatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 775
Kanalning ta’rifi

Metsenat.uz platformasi homiy tashkilot va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishda moddiy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarni bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Texnik nosozliklar bo'yicha - @imkon_support_chat
Metsenatlar uchun - @metsenatlar_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-06-20 10:17:15
​​MetsenatUz’da e’lon qilingan Qashqadaryo viloyati hokimligining innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy granti g’oliblari aniqlandi

Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatda joylashgan OTMlar talabalari uchun 6 ta yo’nalishda innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy grant tanlovi eʼlon qilingan edi.

Maxsus komissiya arizalarni ko’rib, moliyalashtirishga munosib deb topilgan g’oyalar uchungina mablag’ ajratishga qaror qildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yoshlar festivali doirasida grant g’oliblarini taqdirladi.

Demak, natijalar quyidagicha:

Marhabo Kazakova (QarDU) — 100 000 000 so’m;
Siroj Turapov (QarDU) — 90 000 000 so’m;
Gulshoda Xo‘janova (QMI) — 60 000 000 so’m;
Mirqosim Fayzullayev (QMI) — 15 200 000 so’m.

Viloyat hokimligi tez orada bu kabi ijtimoiy grantlar tanlovini yana davom ettirishi haqida ma’lum qildi.

Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.


Kanallarimiz:
@metsenatuz
@urfon
14.2K views07:17
Ochish/sharhlash
2021-06-18 13:03:58
MetsenatUz'da navbatdagi grant g‘oliblari aniqlandi

Metsenat.uz loyihasi doirasida Venkon Group MChJ tomonidan «Greener.Sun» - quyosh energiyasiga oid loyihalar uchun taʼlim granti eʼlon qilingan edi.

Arizalarni o’rganib chiqish natijasida quyidagi 4 nafar talabalar Metsenat tomonidan eng munosib deb topildi:

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Isoqov Jasurbek Jumanazar o'g'li;
O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Sirojiddinov Azizbek;
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Ochilov Sur’at;
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Xudoyberdiyev Nodirbek Noʼmonjonovich.

Har bir gʻolibga 5 million so’m miqdorida grant beriladi.

Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.


Kanallarimiz:
@metsenatuz
@urfon
5.6K views10:03
Ochish/sharhlash