Get Mystery Box with random crypto!

Metsenat.uz loyihasi 1 yoshda O’tgan vaqt mobaynida talabal | Metsenat.uz

Metsenat.uz loyihasi 1 yoshda

O’tgan vaqt mobaynida talabalar va yoshlar uchun turli grant va stipendiyalar e’lon qilindi.

Quyida Metsenat loyihasining 1 yillik natijasini ko'rishingiz mumkin:

- 13 ta turli yo’nalishlardagi ta’lim grantlari;
- 4 ta stipendiyalar;
- 1963 nafar talabalar uchun.


E’lon qilingan grant va stipendiyalarning umumiy miqdori 6 milliard 868 million so’m.

Shuningdek, 2021-yil iyul oyida Metsenat.uz loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.

Metsenat jamoasi kelgusi yillarda ham yoshlarga imkoniyatlar yaratib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Shu o’rinda loyihamiz orqali talabalarga moddiy ko’mak bergan barcha homiylarga hamda bizning axborot hamkorlarimiz — UzReport telekanli, Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Zarnews.uz nashrlari, FM Avtoradio va xayrixoh blogerlarga minnatdorlik bildiramiz.

@metsenatuz