Get Mystery Box with random crypto!

METODIK YORDAM

Telegram kanalining logotibi metodik_yordam — METODIK YORDAM M
Telegram kanalining logotibi metodik_yordam — METODIK YORDAM
Kanal manzili: @metodik_yordam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.67K
Kanalning ta’rifi

«METODIK YORDAM» kanaliga hush kelibsiz!
GURUXIMIZ👇👇👇
https://t.me/ TbEkgukx5Q-MsT3W
✔️Ta'lim yangiliklari
✔️Dars ishlanmalar
✔️Testlar
✔️Taqdimotlar
✔️Media mahsulotlar
✔️Ssenariylar
✔️Kitoblar
Adminga murojaat
@ZAFARBEK_ADMIN
Reklama: @Rg_Agentlik

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-11-04 18:08:48
Har doimgidek Kundalik.com platformasida nosozliklar kuzatilmoqda

Ayni damda Kundalik.com tizimiga oʻtkazilgan maktablarda oʻqituvchilar choraklik baholarni chiqarolmayapti. Sababi tizimda doimgidek nosozliklar kuzatilmoqda. Yana oʻsha eski muammolar. Koʻpchilik nima boʻlayotganini tushunmayapti.

Oʻqituvchilarning aytishicha, oʻquvchiga bitta baho qoʻyish uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflashga toʻrgʻi kelayotgan ekan. Bitta sinfga baho chiqarish uchun esa soatlab vaqt sarflashga toʻgʻri kelmoqda. Sababi choraklik baholar qoʻyilayotgan vaqtda platforma qotib qolib suratdagi kabi yozuv chiqib qolayotgan ekan.

Rasmiy manbalar har doimgidek jim. Aslida shunday nosozliklar boʻlgan vaqtlarda rasmiy manbalar barcha oʻqituvchilarni ogohlantirib qoʻyishi kerak.

Ha aytgancha, tizimga kirishga juda qiynalib ketsangiz Kundalik.com kompaniyasi qoʻllab-quvvatlash markazining +99878-888-82-82 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib shikoyatingizni aytsangiz ham boʻladi.

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2.2K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-11-04 17:00:30
Биласизми? Ўқитувчилик касбидаги энг муҳим нуқта нима?

Ҳар бир ўқитучи: Дарсни шовқинсиз ўтиш, дарс жараёнини қизиқарли қилиш ва барча учун севимли устоз бўлишни истайди! Лекин бирор бир замонавий метод билмасангиз бу орзуларни тушингизда кўраверинг.)

Шу вазиятда сизга, «Креатив педагог» канали орқали «нақд 70 та метод» ни ўрганишни тавсия этамиз! Бу орқали сиз:

Синфни 1 дақиқада тинчлантириш;
— Саёҳат методи орқали қийин мавзуни тушунтириш;
— Автофокус методи билан барчанинг диққатини дарсга қаратишни ўрганасиз!

Хуллас, ўқувчиларингиздан ҳар дарс сўнгида «дарсимиз жуда тез тугаб қолди» деган фикрларини эшитавериб, «мазза» қиласиз!

Бунинг учун ҳозироқ кўк ёзувга босинг ва креатив педагоглар каналига обуна бўлинг:

https://t.me/+mhcqooIjQhwyMTFi
https://t.me/+mhcqooIjQhwyMTFi
113 views14:00
Ochish/sharhlash
2022-11-03 05:00:33OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI

Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
3.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-11-02 17:01:02
Yangi metodlar o'rganaman degan O'qituvchilar diqqatiga!

Sohangizni juda yaxshi bilasiz-u lekin oʻquvchilarga yetkazib bera olmayapsizmi?

Pedagog boʻlib daromadingiz oshishini istaysizmi?

Eng talabgor oʻqituvchi boʻlish orzuyingizmi?

Birinchi darsni oʻzidayoq oʻquvchilarni koʻnglidan joy olishni-chi, istaysizmi?

Umuman siz PROFESSIONAL PEDAGOG boʻlish uchun harakatni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Bu imkoniya aynan siz uchun

3-noyabr kuni soat 19:00 da sizlar uchun "Bepulga metodlar o'rganing" nomli BEPUL onlayn Mahorat darsi tashkillashtiryapman.

Bepul onlayn darsga kirish uchun quyidagi kanalga o'ting
https://t.me/+pMJ5RQ8vQiozN2Q6
957 views14:01
Ochish/sharhlash
2022-11-02 15:35:40Endi pensioner xodimlarni ishdan boʻshatib boʻlmaydi

Xabaringiz boʻlsa, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlandi. Yangi kodeksga koʻra xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish asosi chiqarib tashlanmoqda. Eski kodeksda esa ish beruvchi pensioner xodimni ishdan boʻshatishga haqli edi.

Endi ish beruvchilarda bunday huquq boʻlmaydi. Ammo ularda hali amaldagi qonun normalarini qoʻllashga yana 6 oy vaqt bor. Ya’ni yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi 6 oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, maktabdagi dars taqsimotida oʻqituvchining yoshi rol oʻynamaydi. Bunda oʻqituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi.

Har qanday holatda ham oʻqituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
1.7K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-10-26 20:35:35 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan pedagog xodimlarga ish stajidan kelib chiqib quyidagicha ustamalar belgilanadi

6 oydan — 3 yilgacha bo‘lsa—10%

3 yildan — 5 yilgacha bo‘lsa —20%

5 yildan — 10 yilgacha bo‘lsa —30%

10 yildan — 15 yilgacha bo‘lsa —40%

15 yildan ortiq bo‘lsa —50%


Maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
3.9K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-10-23 23:06:10
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.

Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
4.6K views20:06
Ochish/sharhlash
2022-10-23 18:00:51
O'qituvchilar uchun bepul onlayn dars!

O'quvchilarni darsga qiziqtira olmayabsizmi?
Endi ta'lim sohasiga kirib keldingiz va dars o'tishda tajribangiz kamlik qilyabdimi?
Eng yangi metodlardan xabaringiz yo'qmi?

Unda bu Bepul (onlayn) yopiq dars siz uchun

Sizni 24-oktyabr kuni soat 20:00 da bo'lib o'tadigan "Dars samaradorligini oshirish" nomli bepul onlayn Yopiq darsimga taklif qilaman.

Darsda yana o'quvchilar bilan til topishish, qanday sevimli va hamma hurmat qiluvchi ustoz bo'lish va bu sohada yuqori natijalarga erishish bo'yicha gaplashamiz.

Bepul onlayn darsga kirish uchun quyidagi kanalga o'ting
https://t.me/+Fm6J3gVIMOMxNTFi
4.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-10-20 17:55:55
Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Amaldagi tartibga ko'ra o'quv yili 2 sentabrdan 25 mayga qadar davom etadi. O'quv yil 34 xaftadan iborat 4 ta chorakka bo'linadi, har bir chorak oralig'ida ta'tillar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, ta'til kunlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi ta'til- 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishqi ta'til- 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta'til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta'til - 26 maydan- 1 sentabrga qadar davom etadi.

1-sinf o'quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
7.4K views14:55
Ochish/sharhlash
2022-10-20 17:55:31 Yuqori sinf rahbari hujjatlar toʻplami
2022-2023-oʻquv yili uchun

«METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
3.7K views14:55
Ochish/sharhlash