Get Mystery Box with random crypto!

YANGI YIL KECHASI Ko‘ngil ma'yus tortdi yilning so‘nggida, Bi | Myself 💙🕊️

YANGI YIL KECHASI

Ko‘ngil ma'yus tortdi yilning so‘nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetkudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum -u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil, 
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

Muhammad Yusuf