Get Mystery Box with random crypto!

Yo'lchi. Yo‘lchiman, manzilim dengizdan nari, Lojuvard ufqnin | Myself 💙🕊️

Yo'lchi.
Yo‘lchiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin, Chayqalar ko‘zlarim tikilgan sari.
O, yo‘llar!
Chu, qora toychog‘im!
Chu, qora yo‘rg‘am!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur. Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepur? Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!

Usmon Nosir.