Get Mystery Box with random crypto!

Har bir bola eshitishi lozim boʻlgan iboralar! Baʼzida biz fa | Mental Arifmetika - IQROMAX

Har bir bola eshitishi lozim boʻlgan iboralar!

Baʼzida biz farzandlarimizga “barakalla” degan soʻzdan boshqa soʻzni aytmaymiz. Farzandlarimizni qanchalik yaxshi koʻrishimizni qay tarzda ifodalashni bilmaymiz. Aslida esa ularga bu haqda gapirish judayam muhim. Ota-onalarning soʻzlari ilhom bagʻishlaydi. Bolalar psixologlarining fikriga koʻra aytish muhim boʻlgan iboralarni eʼtiboringizga havola etamiz

Seni yaxshi koʻraman. Sen bilan faxrlanaman.

Sening borligingdan xursandman.

Sening dadang (oying) boʻlish menga judayam yoqadi.

Sen menga judayam keraksan. Senga ishonaman.

Sen mening boyligimsan. Sen mening baxtimsan.


@MentalArifmetika_Uz