Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdagi eng kuchli uzur.. Abu Zarr rodiyallohu anhu Bilol i | ️ Mental Arifmetika - IQROMAX ️

Tarixdagi eng kuchli uzur..

Abu Zarr rodiyallohu anhu Bilol ibn Rabohga: “Ey qora xotinning o‘g‘li, meni bosib olding!” degandilar, Bilol g‘azab qilgan holda o‘rnilaridan turib: “Allohga qasam, men bu ishni Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga aytaman”, dedilar. Bu xabar yetkazilganida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning yuzlari o‘zgarib ketdi va: “Ey Abu Zarr! Onasini aybladingmi? Senda johiliyat odatlari bor ekan”, dedilar. Abu Zarr yig‘ladilar va: “Ey Allohning Rasuli, menga istig‘for ayting”, dedilarda masjiddan yig‘lagan holda chiqib ketdilar. Keyin Bilolning oldiga kelib, yuzlarini tuproqqa qo‘ydilarda: “Allohga qasam, to oyog‘ing bilan yuzimni ezg‘ilamaguningcha boshimni ko‘tarmayman. Sen oliyjanob kishisan, men esa pastkashman”, dedilar. Bilol ham yig‘lab unga yaqinlashdilarda, uning yuzidan o‘pdilar. So‘ngra: “Allohga qasamki, Alloh uchun bir marta bo‘lsa ham sajda qilgan yuzni oyog‘im bilan bosmayman”, dedilar. Keyin ikkovlari o‘rinlaridan turib, bir-birlarini quchoqlab, yig‘ida davom etishdi.

Bizlar bugungi kunda bir-birimizga yomonlik qilib qo‘ysak kechirasiz, deb aytishga ham botina olmaymiz. Uzr so‘rash yuqori saviyadagi madaniyat hamda oliy fazilatli xulqlardandir...


- birgalikda yuksalamiz Insha Alloh!


@MentalArifmetika_Uz