Get Mystery Box with random crypto!

Bir bolakay otasiga: — Dadajon, menga telefon olib bering.. — | ️ Mental Arifmetika - IQROMAX ️

Bir bolakay otasiga:
— Dadajon, menga telefon olib bering.. —  dedi...

— Xoʻp, oʻgʻlim, qanday telefon olib beray?

— Falon-falon rusumlisidan.

— Boʻldi, oʻgʻlim, erta-indin aytgan telefoningiz qoʻlingizda boʻladi, inshaalloh! Faqat bir shartim bor,
shartim juda oson, shunga rozi boʻlsangiz
boʻldi.

Ota-bola kelishib, bolaga vaʼda qilingan telefon olingandan keyin ota shartni aytdi:

— Mana yangi telefon! Telefoningizga har kuni bomdoddan keyin xabar yuboraman,
shu xabarni xuftondan keyin menga
yodlab aytib berasiz!

Otaning zukkoligidan bolakay bir yarim oyda yasin (ﻳﺲ) surasini yod olibdi...

IbnuYusuf


Telegram  |  Youtube