Get Mystery Box with random crypto!

Bolani kamsitmang!        “Miyang bormi?”, “He, ahmoq!” Bular | ️ Mental Arifmetika - IQROMAX ️

Bolani kamsitmang!

       “Miyang bormi?”, “He, ahmoq!” Bular ota-onalarga tanish soʻzlar... Endi esa oʻzingizning bolalik onlaringizni xotirlang. Sizda bu soʻzlar qanday his uygʻotardi? Bola oʻzini kamsitilgan his qiladi va bora-bora oʻz kuchiga ishonchi yoʻqolaveradi.
      
Bolani qoʻrqtimang!
       Bola “Yana ukangni ursang, qoʻlingni sindiraman!” kabi poʻpisalar bilan qoʻrqitilsa, unda ota-onaga nisbatan nafrat va qoʻrqinch uygʻonadi. Qolaversa, tarbiyaning qoʻrqitish uslubi bola xulqini yaxshilamaydi.
      
Boladan vaʼda talab qilmang!
       Aytaylik, bola biror shoʻxlik qildi. Ota yoki ona esa “Yana shunday qilasanmi?!” degancha bolaning boshida qahr qilichini yalangʻochlaydi. Yarim soatdan keyin esa xuddi oʻsha shoʻxligini takrorlaydi.
       Ona esa boladan xafa boʻladi. Bola uchun soʻz berish hech nimani anglatmaydi. Chunki u kecha yoki ertani oʻylab emas, hozirgi kun bilan yashaydi.
        Agar farzandingiz yumshoq koʻngilli boʻlsa, unda aybdorlik hissi tugʻila boshlaydi. Ortiqcha taʼsirchanlikka berilmaydigan bola esa gap boshqa, amal boshqa qabilida ish tutishni oʻrganadi.
       
Bolaga ortiqcha gʻamxoʻrlik qilmang!
        Ortiqcha gʻamxoʻrlik bolada “Men hech narsa qila olmayman” degan hisni rivojlantiradi. Oʻzingizga qoida qilib oling: “Bolaning qoʻlidan kelgan ishni hech qachon oʻzingiz qilmang”.
        Koʻpgina ota-onalar “Bolam buni qila olmaydi”, degan fikrda barcha ishni oʻz yelkalariga ortib olishadi. Ishoning, farzandingizning qoʻlidan ham koʻp ish keladi, faqat sabr bilan oʻrgatishni unutmasangiz, bas.
       
Boladan buyrugʻingizni zudlik bilan amalga oshirilishini talab qilmang!
        Eringiz “Zudlik bilan barcha ishingni tashlab, oyoq kiyimimni tozalab ber”, deyishini tasavvur qiling. Bu sizga yoqmaganidek, bolaga ham yoqmasligi tabiiy.
        Biror ish buyurganingizda, uni avvalroq ogohlantiring: “10 daqiqadan keyin dasturxonni yigʻib, idishlarni yuvib qoʻy”. Bola qoʻgʻirchoq emas, koʻr-koʻrona buysuna olmaydi. Aks holda u oʻz fikriga ega mustaqil shaxs sifatida ulgʻayishini kutmasangiz ham boʻladi.
       
Bolaga hamma narsa uchun ruxsat beravermang!
        Bolaning har bir xarxashasiga quloq solib, aytganini qilaverish natijasida u xudbin boʻlib ulgʻayadi. Bu esa uning katta hayotga moslashishiga halal beradi.

Sanjar Muhammadiyev

Isroil Tillaboyev blogidan

@MentalArifmetika_Uz