Get Mystery Box with random crypto!

Biz qo‘rqamiz... O‘qishga kira olmay qolishdan qo‘rqamiz. Ota | menimcha

Biz qo‘rqamiz...

O‘qishga kira olmay qolishdan qo‘rqamiz. Ota-onamiz biz bilan faxrlanishi go‘yo shu o‘qish bilan o‘lchanayotganday.


Yoqmay qolishdan qo‘rqamiz.

Transportda ketayotganda hissiyotlarni yashirishga urinamiz. Baland kula olmaymiz, yig‘lay olmaymiz. Qo‘rqamiz.

Ichimizdagilarni gapira olmaymiz. Ustimizdan kulishlaridan qo‘rqamiz.

Rasmga kam tushamiz. Chiroyli tushmay qolishdan qo‘rqamiz.

Hatto, tarmoqlarga ham borimizcha post yozolmaymiz. Nimadandir qo‘rqamiz.

Xato qilishdan qo‘rqamiz.

Qirralarimizni ochishdan qo‘rqamiz.


Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Juda ko‘p narsalardan qo‘rqamiz. Mana shu qo‘rquv sabab hayotda ko‘p narsalarni yo‘qotmayapmizmi ? Ko‘p narsaga erisha olmay qolmayapmizmi ?

Hech qachon hech narsadan qo'rqmang! Yo'qotadigan narsangiz o'rnini to'ldiradigan narsa, albatta, bor.

Bu gaplar avvalo o'zimga tegishli

P.s: Kanal ochmoqchimisiz undayam qo'rqmang , oooochvoring

@menkanalman

Manba