Get Mystery Box with random crypto!

Ezozxon opamga Orada kuz hamda bahor bor uchun, Sog‘inch, ar | Laylo Sobir qizi

Ezozxon opamga

Orada kuz hamda bahor bor uchun,
Sog‘inch, armon, hadsiz ozor bor uchun,
Yeta olmas unga, intizor har kun,
Qish oshiq, u yozni yaxshi ko‘radi.

Bu dunyo faqat so‘z, zalvori osmon,
Yurakka yetgulik so‘z toping har on,
"Ezo mafiyasi" bo‘lgan har inson,
Qalamni va so‘zni yaxshi ko‘radi.

Kulib yashash kerak, quyoshday porlab,
G‘amlarni unutib, shodlikni chorlab.
Chehramiz bezagan kulguchda gullab,
Tabassum har yuzni yaxshi ko‘radi.

Rozimiz avval-u, oxirimizga,
Botindagi chiqar zohirimizga,
Xalovatlar bergan har birimizga,
Opa, Alloh bizni yaxshi ko‘radi!

Mavlud ayyomiz muborak bo‘lsin, opajon! Allohim siz bilan uchrashtirganidan cheksiz baxtliman!