Get Mystery Box with random crypto!

CHUMOLILARDA OʻLIM HOLATI Chumoli oʻlganda oʻzining oʻlganlig | 🌼 𝕸𝖊𝖓𝖎𝖓𝖌𝖈𝖍𝖆 🌸

CHUMOLILARDA OʻLIM HOLATI

Chumoli oʻlganda oʻzining oʻlganligi haqida boshqa chumolilarni xabardor qiladi. Qanday qilib deysizmi?
Olimlarning oʻrganishlariga koʻra chumoli oʻlish vaqtida oʻzidan maxsus bir xid tarqatadi. Ushbu xidni sezgan boshqa chumolilar oʻlgan chumoli tomonga shoshiladilar va uni boshqa xasharotlar kelib yeb qoʻymasinlar uchun uni dafn qilishga oshiqadilar.
Olimlar oʻlgan chumolidan chiqadigan moddadan olib tirik chumolining tanasiga tekkizib qoʻydilar va kuzatdilar. Shunda atrofdan chumolilar kelib tirik chumolini koʻtarib koʻmishga olib keta boshladilar. Olib borib uni tirklayin koʻmdilar. Koʻmilgan chumolining tanasidagi maxsus xid tarqatuvchi modda olib tashlangach, chumolini  tek qoʻyishdi va yashashga ruxsat berishdi.
Insonlar oʻzlarining vafot etgan kishilarini dafn qilganlaridek, chumolilar ham oʻlgan chumolilarni dafn qilishar ekan. Chumolilar ham insonlarga oʻxshab oʻliklarini maxsus qabristonlarga dafn qilishar ekan. Qabriston uchun unumdor, obod joylarni emas, balki chekkaroq, yashash manzillaridan uzoqroq joylarni tanlar ekanlar.
Chumolilar ham xuddi insonlar kabi mayyitni soʻngi manzilga katta jamoat boʻlib kuzatadilar. Bir kunda oʻnlab, gohida yuzlab chumolilar nobud boʻladi. Ularni dafnida ishtirok etgan chumolilarga oʻlikdan chiqqan xid oʻrnashib qoladi. Qabristondan qaytayotgan chumolilar oʻzlariga yopishgan xidni ketkazish uchun, badanlarini yalaydilar. Agar shunday qilmasalar, ularni ham oʻlganlar qatorida koʻmib yuborishlariga toʻgʻri keladi.
Bu ajoyibotni koʻrib, beixtiyor subhanalloh deysiz.
Shu oʻrinda Alloh taoloning quyidagi oyati yodga keladi:

وَمَا مِنْ دَابَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا طَائِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّا أُمَمٌ أَمْثَالُكُمْ مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ ثُمَّ إِلَى رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ
“Yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yoʻqki, (ular ham) sizlar kabi ummatlar boʻlmasalar. Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz. Soʻngra (hamma ummatlar) Parvardigorlari (huzuri)ga jamlanurlar” (Anʼom surasi, 38-oyat).

@Meningcha_official

https://t.me/+mEKJTgR_cfUzNzIy