Get Mystery Box with random crypto!

Ko'rinma, hech ko'rinma, muslimam! Ijtimoiy tarmoqqa soyangn | 🖤Сен ва Мен 🖤

Ko'rinma, hech ko'rinma, muslimam!

Ijtimoiy tarmoqqa soyangni ham joylama, Sen hamma ko'ra oladigan arzon narsa emassan!

Berkin, fitnalardan berkin. Qayerga borganing, qanday kitob o'qiyotganing, nega yig'laganing, nega kulganing — barini sir tut.
Insonlar seni shunchaki kuzatiladigan buyumga aylantirib qo'yishlaridan saqlan!

Sirli sandiqcha bo'l, qulfi buzilgan eshik emas!

Yaxshi ishlarimdan ibrat oladi deb ezguliklaringdan bong urma, gunohlaring haqida bilishsa sharmanda bo'lasan!

O'sha "ijtimoiy tarmoq malikalari" nima yeb, nima kiyganini sahifasiga joylasa, Sen ham shunday qilishing kerakmi?! Axir, ular e'tibor xohlashadi.

Sen esa, muslimasan, shundoq ham har lahza Robbingning e'tiboridasan!!!

Sukuting ham ibrat bo'ladigan
Ummatning Onasisan


#hifz