Get Mystery Box with random crypto!

​ Xatmi Qur'onga marhabo! | Hasanxon Yahyo Abdulmajid 'Agar | .

Xatmi Qur'onga marhabo! | Hasanxon Yahyo Abdulmajid

"Agar qalblarimiz pok boʻlganda edi, Qurʼon oʻqishdan sira toʻymas edik".

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu

Kitobda Qur'on Xatmiga rag'batlantiruvchi ma'lumotlar, xatmning fazilatlari, usullari, foydalari va undan ko'zlangan maqsadlar xususida gap boradi. Shu bilan birga xatmga bog'liq fiqhiy masalalariga ham atroflicha to'xtalib o'tilgan.

Kitob barcha uchun birdek manfaatli. Xususan kitobning so'ngi sahifalarida keltirilgan "O'tmishdan namunalar" bobida salafi solihlarimizning xatmi Qur'onga rag'bat ko'rsatib, kunlarini Qur'on tilovatisiz o'tkazmaganlari haqida berilgan qiziq rivoyatlar ham barchamizga o'rnag-u namuna bo'ladi.

Kitobni o'qib juda ko'p xulosalarga ega bo'ldim:
1. Biz musulmonmiz va yelkamizda Alloh farz qilgan amallar va bizni najotga eltuvchi Qur'on bor. Alloh taolo mana shu Kalomida Qur'on ahliga u dunyo-yu bu dunyo berilajak mukofotlarni ochiq-oshkor keltirgan. Alloh taolo Haq va va'dasiga eng sodiq Zot. Shunday ekan, negaa oshkor da'vatga yengil qarab kelyapmiz ekan?
2. Tezlikda oqib o'tayotgan umrimizda hech narsaga ulgurmayotganimizni iddao qilamiz. Vaholangki, Qur'onning vaqtga baraka keltirishi ko'pchilik ulamo-yu allomalarimiz tomonidan ta'kidlab kelinadi. Mana bu muammoga ham yechim bor ekan, nega jiddu jahd qilmaymiz?
3. Bir domlaning ma'ruzalarida o'zini Muhammad sollalohu alayhi vasallamning ummatlarimiz deya baralla aytayotgan ko'p sonli olomondan ko'pi bilan 5 kishi bo'lsin Qur'onni o'qishga yaramaganini ko'rgan edim, Subhanalloh! Mayli, o'sha, Qur'onni-ku qo'ying, arabcha yozilgan yozuvlarni ko'rib qolishsa muammo qiladigan davrlardan o'tib oldik-ku endi, kichik bo'lsa-da nega hali ham Qur'on uchun bir qadam tashlamayapmiz?! Nega bir kun o'lmaydigandek yashayapmiz, umrimiz ma'lum bir yilga kafolatlangandek yo'l tutyapmiz?!

Bu so'rovlar avvalo, o'z-o'zimga qaratilgan so'rovlar. Ammo siz ham o'zingizga bir berib ko'rsangiz, balki manfaatli bo'lar. Albatta Alloh karamli Zot!

Siddiqa Hasan yozdi.