Get Mystery Box with random crypto!

Dinimiz qachon kuchga toʻladi? Qachonki, kimdir roʻmolini tuy | .

Dinimiz qachon kuchga toʻladi?

Qachonki, kimdir roʻmolini tuyaning oʻrkachiga oʻxshatib oʻravoganini gapirishdan, kim psihologga borishi, kim shim bilan tunika kiyishini, kimning eri kimga uylanib olganini gapirshni bas qilsakkina, dinimiz yuksaladi.
Qachonki, oʻz ilmimiz bilan shugʻullansak, koʻproq ta’lim olsak, dinimiz rivojlanadi.
Oʻz farzandlarimizga koʻproq vaqt ajratib, ularning salomatligini, tarbiyasini, ta’limini birinchi oʻringga qoʻysak, telefonlarimizdan boshimizni koʻtarib, oilamizga qarasak, qalb va koʻzlarimizni ijtimoiy tarmoqlardan tiyib, namozimizni muhofaza qilsak, tilimizni gʻiybatdan saqlab, Qur’onni koʻtarsak, oʻzimizga yoqqan ishni qilib va oʻsha yoʻnalishda ummatga foyda keltirsak, birovning hayotidan burnimizni chiqarsakkina, dinimizni yuksaklarga koʻtara olamiz!

Saodat asri onalarimizdan qolgan sunnat shu edi!
Bizning holimizga bir qarang?!