Get Mystery Box with random crypto!

QABRDAN TARALAYOTGAN NUR VA YOQIMLI HID Bir kuni Iso alayhiss | Fikr...

QABRDAN TARALAYOTGAN NUR VA YOQIMLI HID

Bir kuni Iso alayhissalom ketib tursalar, bir qabrga nazarlari tushadi. Qabrdan esa ko‘zni qamashtiruvchi nur va yoqimli hid taralib turgan edi. Iso alayhissalom buni shunday tark etishni xohlamasdan, Alloh taologa qabr egasini tiriltirib, u bilan gaplashishini istab munojot qiladi. Alloh taolo payg‘ambarining bu munojotini qabul qiladi. Shu onda qabr ikki tarafga ochilibdi, qarasa ichida bir inson, oldida Jannatning dasturxon ochilgan, Jannat mevalaridan yeb o‘tiribdi ekan. Iso alayhissalom taralib turgan muborak hidni aynan shu neʼmatlardan kelib turganini bilib, qabr sohibiga qarab:

— Sen kim bo‘lasan? — deb so‘rabdi.

— Ey Ruhulloh, sizni yahudiy toifasi o‘ldirmoqchi bo‘lganlarida, sizga qoching deb xabar bergan kishi bo‘laman, — debdi.

— Yaxshi, bu neʼmatlarga qaysi amallaring tufayli noil bo‘lding? — deb yana so‘rabdi Iso alayhissalom.

— Bu neʼmatlar mening amalim bilan berilmayapti. Dunyoda yashayotgan mening bir nevaram bor. U har doim mening ruhimga sadaqa va xayrliklar berib turadi. Bular o‘sha sadaqalarning savobidir. Bu neʼmat va nur o‘shalardan. Bular mening Alloh yo‘lida yashayotgan solih nevaramning men uchun yuborayotgan hadyalaridir, — deydi.

Iso alayhissalom qabrdagi odamga qarab turib:

— Bizga farzandning foydalaridan xabar bergin, — deb so‘raydi.

— Ey Ruhulloh, siz dunyoda nubuvvat bilan bilinasiz. Biz esa qabrda dunyoda qoldirgan solih farzand, nabirasi bilan faxrlangan, deb tanilamiz. Xususan, juma kechasi bo‘lganda Alloh taolo solih farzandimizning sadaqalari, duolari va istig‘forlari tufayli bizlarga maloikalari orqali nurdan bo‘lgan laganlarda neʼmatlar ehson qiladi. Kelgan bu neʼmatlar sababidan bayram qilamiz. Har kimga farzandining yuborgan sadaqasi, yaxshiliklari miqdoricha ehsonda bo‘linadi. O‘g‘li yo‘q, nevaralari bo‘lmagan mayyitlar, yoki farzandlari va qarindoshlari bo‘lsa ham ulardan xayr va hasanotlar olmaydigan mayyitlar “Mening o‘g‘lim yo‘q. Menda nabiralarim yo‘q. Shuning uchun meni yaxshiliklar bilan yodga olmayaptilar” deydi.



Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Ota-onasining qabrini, juma kunlari ziyorat qilganning gunohlari afv etilib, haqlarini ado qilgan bo‘ladi" (Termiziy).

"Birrul volidayn va huququhuma" kitobidan.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!