Get Mystery Box with random crypto!

ESNASH - SHAYTONDAN Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat q | Fikr...

ESNASH - SHAYTONDAN

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bir kishi aksa ursa, “Alhamdulillah”, desin. Buni eshitgan birodari yoki sherigi unga “Yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin), desin. Buni eshitgan aksa urgan kishi «Yahdiykumullohu va yuslih baalakum (Alloh sizni hidoyat qilsin va ishingizni isloh qilsin)» desin».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Demak, aksa urgan va buni eshitgan ikki musulmon o‘rtasida ana shunday o‘zaro duo bo‘lishi kerak. Islom axloqi, sunnati, madaniyati ana shuni taqozo qiladi. Buni har bir mo‘min-musulmon bilishi, bilmaganlarga o‘rgatib borishi lozim va lobuddir.

Hozirgi davrdagi tib xodimlari esnash bosh miyaning kislorodga, jismning g‘izoga hojati borligining alomatidir, deydilar. Nafas olish aʼzolari bosh miya va jismga kislorod yetkazib berishda kamchilikka yo‘l qo‘ysa, esnash boshlanadi. Bu holat ko‘proq uyqusirash, o‘zidan ketish va o‘limdan oldin bo‘ladi.

Esnash og‘iz orqali chuqur nafas olishning bir turidir. Aslida og‘iz chuqur nafas olishning tabiiy yo‘li emas. Chunki u burunga o‘xshab, nafas orqali olingan havoni tozalash jihoziga ega emas. Shuning uchun esnash paytida og‘iz katta ochilganda va chuqur nafas olish ila havo ichga tortilganda havoga qo‘shilib turli g‘ubor va mikroblar odamning ichiga kiradi. Shuning uchun ham Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam iloji boricha esnashni qaytarishga va og‘izni o‘ng qo‘lning kafti yoki chap qo‘lning orti bilan to‘sishga irshod qilganlar.

Aksa urish esa esnashning aksidir. U to‘satdan keladi va kuchli bo‘ladi. Uning sababidan havo o‘pkadan burun va og‘iz orqali kuch bilan chiqadi. U o‘zi bilan birga yo‘lida turgan havo, mikrob va boshqa narsalarni ham olib chiqadi. Shuning uchun ham aksa Rohmandan bo‘lishi tabiiydir, chunki unda jism uchun foyda bordir. Esnash esa shaytondandir, chunki unda jismga zarar bordir.

Shuning uchun ham aksa urgan odamga Alloh taologa hamd aytish, esnagan odamga esa shaytondan panoh tilash lozim bo‘ladi.

“Ilmiy moʻjizalar” kitobidan.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!