Get Mystery Box with random crypto!

Atrofda nimadirlar sodir bo'ladi. kimdir kuladi, gapiradi, sov | Men va dengiz💙

Atrofda nimadirlar sodir bo'ladi.
kimdir kuladi,
gapiradi,
sovuqdan noliydi,
mashinalar tinmaydi,
shovqin..
va yana nimadirlar..
anglashni xohlamaysan.
ko'nikolmaysan..
adashib qolgansan go'yo,
bu qalbing ichra
bu yerlarga.
Kechalari ko'z yoshingni to'kasan,
ba'zida o'zingdan nafratlanib qo'yasan..
lekin nega?
o'zingni azoblash uchunmi?!
nimadir izlaysan,
nimadir..
ko'zlaringga, ko'zlariga tikilasan,
nimadir bor,
- umid
va yo'lda davom etasan.

@men_va_dengiz