Get Mystery Box with random crypto!

Mehrojjon Abdirasilov |Young Leader🌏☕️

Telegram kanalining logotibi mehrojjon_official — Mehrojjon Abdirasilov |Young Leader🌏☕️ M
Telegram kanalining logotibi mehrojjon_official — Mehrojjon Abdirasilov |Young Leader🌏☕️
Kanal manzili: @mehrojjon_official
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71
Kanalning ta’rifi

Accepted to 50 universities around the world with more than 4mln$ scholarships
Contact:@Mehrojjonabdirasilov

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-11 18:47:45 AQSh universitetlarida Tibiyot yo'nalishida tahsil olish.

AQShda tibbiyot mutaxassislariga katta qiziqish bor. Shifokor bo'lish-obro'li, shifokor bo'lish-bu yaxshi pul topish, shifokor bo'lish-bu jamiyat uchun foyda keltirishdir.

AQShda necha yilda shifokor bo'lishingiz mumkin?
Qo'shma Shtatlarda shifokor bo'lish uchun siz 11-dan 17 yillik ta'lim olishingiz kerak bo'ladi. Bu nafaqat nazariya, balki amaliyot, mashaqqatli ish, ko'p sinovlar, tadqiqot loyihalari va boshqalardan iboratdir.

Ko'p narsa siz tanlagan tibbiy mutaxassislikka, shuningdek qisman tanlangan universitetga bog'liq. Avval 4 yillik bakalavr dasturidan o'tishingiz kerak, keyin 4 yil medoliygohda o'qish , keyin 3 yoki 7 yillik ordinatura kursini o'tash kerak va shundan so'ng siz o'qiyotgan shtatda tibbiy faoliyat uchun litsenziya olishingiz mumkin.

Qaysi birini tanlash kerak: tabiiy yoki gumanitar fanlar bo'yicha ta'lim beradigan oliygohlarni?
Abuturyentlar biologiya va Pre-med dasturlari yoki gumanitar universitetlarni tanlashlari mumkin.
Tibiyot oliygohiga qabul qilish uchun majburiy shartlardan biri akkreditatsiyalangan AQSh universitetida olingan bakalavr darajasidir. https://t.me/mehrojjon_official
74 viewsMehrojjon, edited  15:47
Ochish/sharhlash
2023-01-11 15:51:19 Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi. Bugun shu masalaga toʻxtalamiz.

Umumiy javob: Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi. Albatta, bunda nomzod oʻqishni koʻchirish talablariga mos boʻlishi kerak.

Lekin:

1. Ayrim universitetlar transfer talaba qabul qilmasligi mumkin.

2. Har bir davlat (universitet)da oʻqishni koʻchirish talablari bor. Oʻzbekistonlik talabalar bu talablarga baʼzida javob bermasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish masalasini kim hal qiladi?

Buni oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy universitet hal qiladi (davlatda belgilangan taʼlimga oid qonun-qoidalar asosida). Shu sababli oʻqishingizni xorij oliygohiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha universitetning oʻziga murojaat qilishingiz kerak.

Oʻqishni koʻchirish shartlarini qanday bilsam boʻladi?

Aksariyat universitetlar veb-saytida oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot boʻladi. Shu maʼlumotni topib, oʻqib chiqish kerak.

Maʼlumotlarni oʻqigandan keyin ham savollaringiz boʻlsa, universitetga email yozish orqali soʻrab olsangiz boʻladi.

Agar universitet saytidan oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot topa olmasangiz, universitet emailiga oʻqishingizni shu universitetga koʻchirmoqchi ekaningizni aytib, buning tartib-qoidalari qanday boʻlishi soʻrab yozib yuborishingiz mumkin.

Misol bilan tushuntiring?

AQSHda joylashgan Clark universitetini misol sifatida olamiz (nufuzli universitet, THE roʻyxatida 401-500-oʻrin).

Avval saytiga kiramiz. Saytdan “Admissions” boʻlimiga sichqonchani olib boramiz. Oʻngda qoʻshimcha boʻlimlar ochiladi (quyidagi suratda koʻrsatilgan). Ulardan “Transfer Student Admissions” boʻlimini tanlaymiz.

Boʻlimda xalqaro talabalar ham Clark universitetiga oʻqishini koʻchira olishi aytilgan. Va boshqa kerakli maʼlumotlar berilgan.

Shu maʼlumotlarni oʻqib chiqib, tushunmagan yerlarimiz boʻlsa, sahifa ostdagi emailga xabar yozib soʻrab olsak boʻladi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshirish harakati boshlay olamiz.

Maʼlumot topish har doim ham oson emas

Clark universitetida oʻqishni koʻchirish maʼlumotlarini osongina topdik. Lekin ayrim universitet saytlarida bunday maʼlumotni topish oson kechmasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish haqidagi maʼlumotni topish uchun boʻlimlarni sabr bilan qarab chiqishga toʻgʻri kelishi mumkin.

Agar tezroq topmoqchi boʻlsangiz, universitet saytidagi qidiruv (Search) maydoniga “Transfer”, “Transfer student” yoki shunga oʻxshash jumlalarni kiritib, qidirib koʻrishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar bormi?

Ha, bor.
Lekin oʻqishni koʻchirayotganlar uchun barcha universitet ham grant taklif qilavermaydi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun mavjud grantlarning koʻpchiligi qisman grant boʻladi. Toʻliq grant nisbatan kam uchraydi.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar mavjud yoki yoʻqligini universitetning “Financial Aid and Scholarships” yoki shunga oʻxshash nomdagi boʻlimidan yoxud oʻqishni koʻchirishga oid sahifasidan topish mumkin.

Masalan, Clark universiteti ham oʻqishni koʻchirish uchun grantlar taklif qiladi. Bu haqida transfer sahifasida ham, “Cost and Financial Aid” boʻlimida ham maʼlumot berilgan (Admissions > Cost and Financial Aid > International Students).

Lekin Clark universitetida grantlarning aniq miqdorlari koʻrsatilmagan ekan. Buni email yozish orqali aniqlab olishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq grant ajratadigan oliygohlarga Tokio universitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqida batafsil BU YERDA oʻqing.

Demak, talablarga javob bersangiz, oʻqishingizni xorijiy davlat universitetlariga koʻchirishingiz mumkin.

Eslatma: Ayrim davlatlar yoki universitetlar xalqaro talabalarni “Transfer Student” sifatida qabul qilmasligi mumkin.

https://t.me/mehrojjon_official
63 viewsMehrojjon, edited  12:51
Ochish/sharhlash
2023-01-10 10:49:40
Scholarship olishga ta'sir qiluvchi 5 omil

Yuqori akademik ko'rsatkichlar(Baho)
Tilni mukammal bilish (IELTS, TOEFL)
Turli xil tadbirlar, ko'rgazmalar, olimpiadalarda ishtirok etish va jurnallarda maqola chiqarish
Kuchli motivatsion xat yoki insho + yaxshi yozilgan CV
O'qituvchi yoki ish joyidan yaxshi tavsiyanomalar.

Asosiysi, nafaqat yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lish, Turli xil tadbirlarda, tanlovlarda ishtirok etish, ilmiy jurnallarda maqolalar yozish.

Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/mehrojjon_official
64 viewsMehrojjon, 07:49
Ochish/sharhlash
2023-01-09 18:06:57 Oʻqish bepul universitetlar roʻyxati

Dunyoning turli davlatlarida joylashgan oʻqish bepul boʻlgan universitetlar haqida muntazam maʼlumot berib bormoqdamiz.

Bugun kanalimizga joylangan shunday universitetlar roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

AQSHda joylashgan Berea kollejiga

Yaponiyada joylashgan OIST Graduate University

Germaniyada joylashgan MLU universiteti

Saudiya Arabistonida joylashgan KAUST universiteti

AQSHda joylashgan Deep Springs kolleji

Xitoyda joylashgan Yenching akademiyasi

AQSHda joylashgan Curtis Institute of Music

Norvegiyada joylashgan Norvegiya Texnologiya universiteti

Germaniyada joylashgan Bamberg universiteti

Germaniyada joylashgan Technical University of Munich

Norvegiyada joylashgan Nord universiteti

Germaniyada joylashgan Gamburg universiteti

Norvegiyada joylashgan Oslo universiteti

Norvegiyada joylashgan Agder universiteti

Germaniyada joylashgan Zigen universiteti

Lyuksemburgda joylashgan Lyuksemburg universiteti

Finlandiyada joylashgan Aalto universiteti

Rossiyada joylashgan Skolkovo fan va texnologiya instituti

Eslatma: Hozirda (2023-yil 9-yanvar holatiga koʻra) ushbu universitetlarning koʻpchiligiga arizalar qabul qilinmoqda.

@grantlar
https://t.me/mehrojjon_official
57 viewsMehrojjon, 15:06
Ochish/sharhlash
2023-01-09 18:04:37 Universitetlarni rank qilib beradigan (ya’ni baho beradigan) asosan 4 ta global rankinglar bor. Bular eng uzoq vaqtdan beri ishlab keladigan va ishonchli hisoblanadi:

1)Quacquarelli Symonds (QS)
2)Times Higher Education (THE)
3)Shanghai Ranking Consultancy (the Academic Ranking of World Universities; ARWU)
4)Webometrics Ranking of World Universities


Bularni har biri rank qilish uchun o’zlarini criterialariga ega. Misol uchun QS bo’yicha Stanford 3-o’rinda turgan bo’lsa, ARWU bo’yicha 2-o’rinda turadi. Ranking haqida gaplashayotganda, aynan qaysi ranking bo’yicha aytayotganingizga ahamiyat bering!

https://t.me/mehrojjon_official
55 viewsMehrojjon, 15:04
Ochish/sharhlash
2023-01-08 05:22:01 Universitet tanlashda va universitetga topshirayotganda kerak bo’ladigan websitelar

Niche.com
Usnews.com
Collegeboard.com
Collegedata.com
Cappex.com
Finaid.org
Hscounselorweek.com
USnews.com/rankings
61 viewsMehrojjon, 02:22
Ochish/sharhlash
2023-01-07 18:01:45
Bakalavr va magistratura talabalari uchun ingliz tili bo'yicha xalqaro olimpiada

Talablar
— Dasturda 18 yoshdan yuqori bo'lgan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin;
— Nomzodlarning birinchi tili (asosiy ta'lim tili) ingliz tili bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda g'olib bo'lgan har bir ishtirokchiga $1,000 AQSh dollari miqdorida mukofot beriladi. Ushbu mukofot puli Globamba.com mutaxassislari bilan magistratura yoki PhD dasturiga ariza berish xizmatlariga sarflanishi mumkin;
— Globamba ta'lim xizmatlari bo'yicha 100 ta eng yaxshi ishtirokchilar uchun $50lik sertifikat beriladi;
— Nomzodlar IELTS imtihoniga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
30.01.2023 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14534

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | Facebook | Instagram
62 viewsMehrojjon, 15:01
Ochish/sharhlash
2023-01-07 14:56:58
UNITED: Summer Exchange Program — istalgan yo'nalish bo'yicha o'zbekistonlik bakalavrlar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan yozgi almashinuv dasturi

Talablar
— 18-24 yoshdagi O'zbekiston fuqarosi bo'lgan;
— hozirda O'zbekistonda to'rt yillik institut yoki universitetda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
— Dastur to'liq ingliz tilida olib borilganligi sababli nomzodlardan (yozma va og'zaki) ingliz tilini yaxshi bilishi talab etiladi.

Foydali tomonlari
— xalqaro aviachiptalar;
— turar joy;
— ovqatlanish xarajatlari to'liq qoplanadi.

Oxirgi muddat
31.01.2023 16:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/54611

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
54 viewsMehrojjon, 11:56
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:57:22 Universitetga topshirayotganimda kerak bo’lgan muhim narsalar

1) IELTS ( ya’ni ingliz tili bilish darajangizni ko’rsatib beruvchi hujjat, Duolingo va TOEFL ham shular qatorida)

2) SAT (ya’ni ingliz tili va matematikadan imtihon)

3) Motivational letter ( common app uchun maksimal 650ta so’zdan iborat bo’ladigan esse, topiclar common appda beriladi, tanlab yozasiz)

4) Recommendation letter (O’qituvchilariz tomonidan yoziladigan tavsiyanoma)

5) Portfolio (barcha erishgan yutuqlariz , sertifikat va diplomlarni , hullas barcha qilgan ishlarizi yig’ib bir qilib qo’shasiz)

6) GPA (9,10,11-sinfdagi baholariz)


https://t.me/mehrojjon_official
57 viewsMehrojjon, 10:57
Ochish/sharhlash
2023-01-06 18:16:53 Universitet tanlayotganingizda uni quyidagi turlarga ajratib oling

Dream University - ya’ni orzuyizdagi universitet, bu universitetga topshirishni uzoq vaqt xohlagansiz

Target University - maqsad qilib qo’ygan universitetingiz, siz bu universitetni o’rtacha qanday ballar (SAT, IELTS va GPA) qabul qilishini o’rganib chiqdingiz va ballaringiz to’g’ri keladi.

Safety University - agar tepadagi variantlar ishlamay qolsa, favqulodda holatlarda ishlatiladigan universitetlar. Ya’ni siz ko’rib chiqdiz, ballariz bemalol yetadi, moliyaviy tarafdan ham o’zingizni qoplay olasiz.

Odatda, Common app dan topshirayotganizda 20 ta universitetdan 5tasini Dream, 5 tasini Safety, qolgan 10tasini Target qilishni maslahat beraman.



https://t.me/mehrojjon_official
62 viewsMehrojjon, edited  15:16
Ochish/sharhlash