Get Mystery Box with random crypto!

AQSH da qanday universitet va yo’nalish tanlash kerak? Ko’pch | Mehrojjon Abdirasilov |Young Leader🌏☕️

AQSH da qanday universitet va yo’nalish tanlash kerak?

Ko’pchilik beradigan eng ko’p savollardan biri AQSH da qaysi universitetni maslahat berasiz? Qaysi sohani o’qisam yaxshi oylik olaman kabi savollarni juda ko’p olaman. Afsuski bu masala ko’pchilik so’raydigan, ammo men yordam berishim juda qiyin bo’lgan masala hisoblanadi Siz o’zingiz qiziqgan sohangizga va obro’li universitetga kirsangiz, menimcha kelajagingiz uchun foydali bo’ladi. Men bu masalada yordam bera olmasam ham, quyida kerakli bo’lgan ba’zi maslahatlarni berishim mumkin:

1. Reytingga e’tiborli bo’ling. Universitet tanlayotganda eng muhum jihatlardan biri bu albatta reyting. Top 1000 talikka kiradigan universitetlar O’zbekistonda diplomi hech qanday qo’shimcha imtihonlarsiz va hujjatlarsiz tan olinadi. Siz universitet 1000 talikka kirish, kirmasligini esa top.universities.com va timeshighereducation.com saytlaridan bemalol tekshirishingiz mumkin:). Universitetni umumiy reytingini tekshirishdan tashqari, aynan sizni sohangizdagi reytinggini ham tekshiring. Misol uchun: universitet 560-o’rinda bo’lsa, aynan Computer science sohasida 400 o’rinda bo’lishi mumkin. Universitet reytingi viza olishda ham yaxshigina rol o’ynayishini ham unutmassiz degan umiddaman.

2. Shaharga qiziqmang. Ko’pchilik tanishlarim menga New York dagi yoki Los Angeles yoki Miami dagi universitetlarni topib bering deb yozishadi. Sababini so’rasangiz esa, bu shaxarlar chiroyli megapolislar bo’lganligi uchun. Aslida esa juda ko’plab top universitetlar bu shaxarlarda emas balki chetroq da joylashgan. Siz AQSH ga kelgandan keyin bemalol 50 ta shtatni aylanaverasiz. Siz aynan bir shaxarni yaxshi ko’rganingiz uchun u yerda 2-4 yil umringizni sarflashingiz shart emas. Ishoning har qanday shaxar biroz vaqt o’tganidan so’ng oddiy bo’lib qoladi hoh u Dubai bo’lsin hoh New York!

3. O’zingiz qiziqqan sohani tanlang. Agar bir tanishingiz Dasturchi bo’lib Google da yiliga $200.000 dollar olayotgan bo’lsa, siz ham dasturchi bo’lishingiz kerak degani emas. Agar shu sohada qiziqish va ishtiyoqingiz bo’lsa marhamat albatta. Shunchaki kimgadir yoki shunchaki oylikka qarab uchmang, maqsadingiz sari yuring. Amerikada o’z sohalari ustasiga har qanday sohada yaxshi haq to’lashadi, shuni unutmang! Bu masalada, shu sohada ishlaydigan tajribali insonlardan maslahat olish ham ziyon qilmaydi albatta.

Ushbu post sizga maqul bo'ldi degan umiddaman. Siz qaysi shtatda yashagan bo'lardingiz, izohlarda qoldiring. https://t.me/mehrojjon_official