Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil - eng sehrli bayram. Bu bayramda mo'jizalar ro‘y ber | MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa

Yangi yil - eng sehrli bayram. Bu bayramda mo'jizalar ro‘y beradi, bolalarning zavqlari davomli va orzularga to‘la bo‘ladi.

Bayram archasini yasatish jarayoni nafaqat zavq beradi, balki uni o‘z qo‘llarimiz bilan yasatishni intizorlik bilan kutamiz.

Bugun “Mehrli maktab”da bolajonlarimiz, ota-onalar va ustozlari bilan birgalikda Yangi yil mavzusida ijodiy faoliyat o‘tkazildi.

Ijodiy faoliyat bir necha turda o‘tkazildi, jumladan qo‘l ishi, applikatsya, rasm va tabriknomalar tayyorlashdi. Bolalar bilan birgalikda onalar ham zavq bilan ijod qilishdi.

Bunday ijodiy faoliyatlar Yangi yil bayrami arafasida quvnoq muhit va bayramona kayfiyat yaratish imkonini berdi.

Instagram

Facebook