Get Mystery Box with random crypto!

Mehrli onalar

Telegram kanalining logotibi mehrli_onalar — Mehrli onalar M
Telegram kanalining logotibi mehrli_onalar — Mehrli onalar
Kanal manzili: @mehrli_onalar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 56

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-16 08:14:02 #hikoya

Misr davlatining teleko‘rsatuvlaridan birida bir xayriya aksiyasi e’lon qilindi. Unda bir bemorning ichki a’zosini ko‘chirish uchun 150.000 AQSH dollari zarurligi aytilib, ko‘ngillilardan yordam so‘raldi va hisob kartasi raqamlari havola qilindi. Odamlar darrov tashabbus ko‘rsatib, hisob raqamiga pullar o‘tkazishni boshlab yuborishdi. Ularning ko‘plari katta tadbirkorlar edi. Bu orada boshqa ko‘plab insonlar televideniya bilan bog‘lanib, holat yuzasidan so‘rab turishdi.

  Hech qancha vaqt o‘tmay 850.000 junayx pul yig‘ildi. Lekin e’tiborlisi bu emas. Gap shundaki, pul yig‘ish jarayonida bir kishi ikki dollar pul jo‘natdi. Bu Misr puliga 15 junayx degani edi. Ko‘plar katta miqdorda pul o‘tkazayotganda bunchalik oz pul o‘tkazish juda g‘alati edi. Bundan ajablangan teleboshlovchi shu pulni jo‘natgan kishi haqida surishtirib, uning telefon raqamini topdi. Ushbu ishning tafsilotini so‘rash uchun unga qo‘ng‘iroq qildi. U yosh yigit ekan va savolga shunday javob berdi:

— «Ha, bu juda oz pul. Lekin u oylik daromadimning yarmi edi. Ali roziyallohu anhu: "Berganing ozligidan uyalma, chunki umuman bermaslik undan ham ozdir", deganlar.
Myen yordam qo‘lini cho‘zishni istadim, befarq bo‘la olmadim».

Bu jonli ko‘rsatuv juda ta’sirli edi. Tyelefondagi muloqotdan esa tomoshabinlarning ham qalbi junbushga keldi.
Hali pul yig‘ish jarayoni davom etar edi. Shu vaqt teleboshlovchi navbatdagi qo‘ng‘iroqni qabul qildi. Bu galgi kishi ushbu xayriya aksiyasida qatashmoqchiligini va 8000 dollar ajratganini, uning 4000 gi bemorga, qolgan 4000 gi esa haligi ikki dollar jo‘natgan yigitga ekanini aytdi. Keyin yana boshqasi telefon qilib, 5000 dollar o‘tkazishini, uning yarmi bemorga, yarmi esa haligi yigitga, dedi. Ko‘rsatuv so‘ngigacha operasiya uchun istalgan mablag‘ to‘liq yig‘ildi. Unga qo‘shimcha boyagi yigitga ham ancha pul o‘tkazildi.

Endi voqea yanada qiziq tus oldi. Tyeleboshlovchi kelasi ko‘rsatuvga shu yigit taklif qilinishini e’lon qildi. Yigit taklifni qabul qilib, ko‘rsatuvga tashrif buyurdi. U oddiy bir oiladan chiqqan oddiygina yigit ekan. Ish joyi haqida so‘rashgan edi u ayni vaqtda ishsiz ekanini, oldinroq bir joyda ishlagani lekin yo‘l kiraning qimmatligidan u yerdan ketganini aytdi. Jonli efirda uzatilayotgan bu ko‘rsatuvga har xil ish tashkilotlaridan qo‘ng‘iroq qilib yigitga ish taklif qila boshashdi. Yigit ulardan birini qabul qildi. Bu u uchun juda yaxshi taklif edi. Shu bilan yigit ko‘rsatuv nihoyasiga yetmasidanoq rasmiy ravishda ishga qabul qilindi.

Hadisi qudsiyda Alloh taolo shunday deydi:

«Ey Odam bolasi, sen bergin, senga ham beriladi».

Hech qachon noumid bo‘lmang!


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
175 views05:14
Ochish/sharhlash
2022-12-15 22:17:46


JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!!!

ASSALAMU ALAYKUM

Sizni va barcha oila a’zolaringizni “JUMA AYYOMI” "bilan muborakbod etaman.

•Sizga va oilangizga sog‘lik-omonlik, ikki dunyoni saodatidan nasib etishini surayman.

•Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo shunday musaffo bulsin!

•Bayramni oila a’zolaringiz bilan shodlik, xursandlikda xayrli utkazishingizni tilab kolaman!

•ALLOHIM!
Kelasi shu kunlarga Bizlarni,Ota‑Onalarimizni,Farzandlarimizni,Ayollarimizni, Do‘stlarimizni va barcha yaqinlarimiz bilan sog‘-omon yetkazsin!AMIYN!

ENG YAQIN INSONIM JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
22.0K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2022-12-15 16:13:02
Ota-ona topilmaydi!


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
237 views13:13
Ochish/sharhlash
2022-12-15 08:13:02
Otajonim, onajonim sizlarning borligingiz mening baxtimdur


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
195 views05:13
Ochish/sharhlash
2022-12-14 16:12:02
ONAJONIM


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
195 views13:12
Ochish/sharhlash
2022-12-14 08:11:02 Ona rizosi

Rizosin ko‘zingga ayla to‘tiyo,
Mehrli ummondir ona rizosi.
Duosin boshingga aylagil ziyo,
Sehrli osmondir ona rizosi.

Yog‘dirsa goh falak jonga jafosin,
Topmassan onangdan o‘zga vafosin.
Izlama tabibdan qalbing shifosin,
Har dardga darmondir ona rizosi.

Aldanib dunyoning shum bozorida
Qoldirma onani hasrat, zorida,
Qadriga yet biroz, ey, do‘st, borida,
Kimgadir armondir ona rizosi.

Istama nolishu, nochor nizosin,
Ojizlik chog‘ida yetkaz g‘izosin.
Ne qilib bo‘lsa ham olgil rizosin,
Gʻanimat, mehmondir ona rizosi.

Chin baxt bu - volidang sevingan soat,
Poyiga cho‘kmoqdir sen uchun toat,
Mard bo‘lsang, onangga ayla itoat,
Ilohiy farmondir ona rizosi.

Xamidjon Nasrullayev
Maxbubaxon


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
178 views05:11
Ochish/sharhlash
2022-12-13 16:11:02
Baxt-saodat ikki o'rinda bo'ladi:
Ato etilgan narsaga qanoat qiluvchi qalbga,
Qazoi-qadarga rozi bo'lgan nafsga.


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
163 views13:11
Ochish/sharhlash
2022-12-13 08:10:06
Onamga qulipnay ovolay



Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
391 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-12-12 08:10:13


Oxirgacha ko'ring


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
9.2K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2022-12-11 16:09:02
Samimiy tabassumi bilan toshlarni eritgan onam


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy
171 views13:09
Ochish/sharhlash