Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onaga yaxshilik qilish asosan quyidagi ishlarni ado etish | Mehrli onalar

Ota-onaga yaxshilik qilish asosan quyidagi ishlarni ado etish bilan bo‘ladi:

1. Ota-onaga xolis niyat bilan yaxshilik qilish; Ya’ni ular dunyoga kelishlariga sabab bo‘lganlari uchungina emas, balki Alloh taolo buyurgani uchun yaxshilik qilish.  
2. Ota-onani yaxshi ko‘rib ulug‘lash;
3. Allohga ma’siyat bo‘lmaydigan o‘rinlarda ularga itoat etish;
4. Ota-onaga tavoze’li bo‘lish;
5. Ota-ona xursand bo‘ladigan ishlarni qilish;
6. Ota-onadan oldin ovqatlanmaslik;
7. Ota-onaning huzuriga kirishda ham, chiqishda ham salom berish;
8. Ota-onaning oldida ovozini balandlatmaslik;
9. Ota-ona uchun molini sarflash;
10. Ota-ona yaxshi ko‘radigan kishilarga ham yaxshilik qilish;
11. Safarga ota-onaning duolarini olib chiqish;
12. Ota-ona shariatga muvofiq qasam ichgan bo‘lsalar uni ado etish uchun harakat qilish;
13. Ota-onaning jahllari chiqadigan ishlarni qilmaslik;
14. Ota-onani ismlari bilan chaqirmaslik;
15. Ota-onani kamsitadigan ishlardan saqlanish;
16. Ota-ona vafot etganlaridan so‘ng ham ularning haqlarini saqlash.


Mehribon onalar kanali
https://t.me/+u8bOYns9lkYyZDUy