Get Mystery Box with random crypto!

Kilian Mbappening Real Madridga kelmagani haqida yozishimni ay | Mehriddin Sodiqov | Rasmiy Kanal

Kilian Mbappening Real Madridga kelmagani haqida yozishimni aytgan edim.
Kilian Mbappe 2016-yilda porlab chiqqan va u Monako bilan Chl yarim finaliga qadar yetib borgan va undan Yuventusga magʻlub boʻlgan oʻsha yili Real Madrid Chlda chempion boʻlgan edi. U porlab chiqishi bilan koʻplab top klublar qiziqqan xususan Real Madrid ham unga Psj ham jiddiy qiziqqan va kurashda PSJ ustun kelgan Paris rahbarlari Kilian uchun 108 mln yevrodan voz kechishgan edi. U Paris bilan 5 yillik shartnomaga imzo qoʻyadi. 2022-yil keldi mis-mishlar boshlandi Mbappe haqida. Shaxsan oʻzim bu haqida yozishimni asosiy sababi Mbappega kanal ochgan edim uni Real Madrid oʻtishi ehtimoli koʻpligi uchun kanalni rivojlantirmoqchi edim. May oyi keldi va mish-mishlar avj ola boshladi. Peres agar Mbappe Madridga keladigan boʻlsa 20 ming dona uning ismi tushurilgan futbolkalar ham tayyorlab qoʻygan hattoki shartnomalar ham kelishilib olgan edi. Realga oʻtishi ehtimoli 90 ga 10 edi. Uni Parisda qolishi uchun xattoki Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham kurashgan + Paris rahbarlari unga katta bosim qilgan. Buni tushunmaganlar uchun oddiy tushuncha beraman. Masalan siz Paxtakorda oʻynaysiz klub rahbari Alisher Usmonov siz Realda oʻynashni orzu qilasiz va sizga xattoki prezident Shavkat Mirziyoyev ham Paxtakorda qolishing kerak deya bir marotaba aytishi bu sizga qanchalik taʼsir qilishini oʻylab koʻring. Ishonavering Kilian pul uchun Parijda qolgani yoʻq agar pul uchun boʻlganida u shartnomasini 2025-yilgacha emas yana 5 yilga uzaytirgan boʻlar edi. Nima boʻlgan taqdirda ham men Kilianni yaxshi koʻraman uni Real Madridga kelishini istayman. Turli xil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Kilian 2023 yoki 2024-ning yozida Madridga koʻchib oʻtishi mumkinligini aytishmoqda hammasi Parij bilan kelishilgan holatda boʻlishi mumkin ekan!

Suymaganga suykalma, ishqalan deganlari shu boʻlsa kerak PSJ rahbarlari uchun!

t.me/Mehriddin_Sodiqov