Get Mystery Box with random crypto!

Nega qalb õlganda bõlmaydi motam Nega sudlanm | ❤️,,MEHRIBONGINAM''❤️

Nega qalb õlganda
bõlmaydi motam
Nega sudlanmaydi
Xiyonatkorlar
Menimcha qotildir jamiyki
odam
Jabrlanuvchi õlgan
kõnggillar
Qilgan qilmishidan
afsuslanish yõq
Gõyoki rozidek
kõngillari tõq
Bitta inson qalbin
nogiron qilib
Yurarlar bearmon
jilmayib kulib
Chunki uni ham hissi
yõqolgan
Uning qalbini ham kimdur
qotili
Kõngil õlib tana
soĝ qolgan
Tebsan tebranmaydi
tosh qotgan dili
Nega qalb õlganda
bõlmaydi motam
Nega sudlanmaydi
Xiyonatkorlar
Aytaymi nega bu qonun
chiqmaydi
Chiqsa ozodlikda
hech kim qolmaydi