Get Mystery Box with random crypto!

#Live Ayni damda poytaxtimizdagi 'Hilton' mehmonxonasida 'Xav | Bandlik Vazirligi

#Live

Ayni damda poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida "Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyaga ko‘maklashish hamda yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan almashish tizimini (API) joriy etish" mavzusida forum bo'lib o'tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari, Transport vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirdan maqsad – migratsiyani boshqarish va migrantlar himoyasi sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani ta’minlashda API/PNR tizimining ahamiyatini muhokama qilish, shuningdek, mazkur sohani yanada takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi