Get Mystery Box with random crypto!

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchil | Bandlik Vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligida Namangan viloyati Norin tuman hokimligida “Mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bir qancha vazifalar ̶ mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy "o‘sish nuqtasi"ni shakllantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ya'ni tomorqada aholining bandligini ta`minlash, hududlarni ixtisoslashuvidan kelib chiqib bo‘sh turgan yerlardan samarali foydalanish hamda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilab olindi.

Shuningdek, bu yo‘nalishlar asosida doimiy vakillar tomonidan kreditlar olishda hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiyalar orqali aholiga yordam berish mexanizmlari tushuntirilib berildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi